Futbol

Luis Suares Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda maydonga tusha olmaydi

Kataloniyaning “Barselona” klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatning “Betis”ga qarshi uchrashuvi (4:1) vaqtida jarohat olib, zaxiraga olingandi.

Ispan klubi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, urugvaylik futbolchi payidan jiddiy shikastlanmagan boʻlsada, oyogʻining toʻpigʻ qismini shikastlab olgan. Shu boisdan u 10-15 kun davomida mashgʻulotlarda ishtirok eta olmaydi.

Buning oqibatida Suares Urugvay terma jamoasi bilan China Cup-2019 musobaqasida ishtirok eta olmaydi. Urugvay terma jamoasi musobaqadagi birinchi uchrashuvini 22 mart kuni Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid