Futbol

Madriddagi moʻjiza. “Ayaks” “Real”ni yirik hisobda magʻlub etib YECHL chorak finaliga yoʻllanma oldi

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan oʻrin olgan dastlabki javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Ulardan birida amaldagi chempion sensatsion tarzda musobaqani tark etdi.

Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real” Niderlandiyaning “Ayaks” klubini qabul qildi. Mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, qaytgan madridliklarning keyingi bosqichga chiqishiga hech kim shubha bilan qaramayotgandi. Ammo “Ayaks” moʻjizadek koʻringan ishni uddaladi.

Birinchi boʻlimda avvaliga Hakim Ziyosh hisobni ochgan boʻlsa, 18-daqiqada Neres farqni 2taga yetkazdi va oʻsha vaqtdayoq jamoasi uchun yetarli boʻlgan hisobni tabloda porlashiga sababchi boʻldi. Ammo jamoa bu bilan cheklanib qolmadi. Ikkinchi boʻlimda Dushan Tadich farqni yirik koʻrinishga olib keldi. 70-daqiqaga kelib “Real” farqni bittaga qisqartirgandi. Ammo yana ikki daqiqa oʻtib Lasse Shyone farqni yirik koʻrinishga qaytardi. 1:4 — “Ayaks” soʻnggi uch yilda YECHLni yutgan “Real”ni oʻz uyida yirik hisobda yengib, chorak finalga yoʻllanma oldi.

Ikkinchi nimchorak finalda “Tottenhem” bundesliga peshqadam “Borussiya” mehmoni boʻlib, 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Birinchi uchrashuvda yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozongan inglizlar umumiy hisobda 4:0 natijasi bilan chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
Javob uchrashuvlari

Real Madrid Ispaniya – Ayaks Gollandiya 1:4 (0:2)
Gollar: Asensio (70) – Ziyosh (7), Neres (18), Tadich (62), Shyone (72).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Varan, Nacho, Regilon, Kroos, Kazemiro (Valverde, 87), Modrich, Vaskes (Beyl, 29), Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 35).
Ayaks: Onana, Mazraui (Veltman, 81), de Ligt, Blind, Talyafiko, Shyone (de Vit, 73), de Yong, Ziyosh, van de Bek, Neres (Dolberg, 74), Tadich.
Ogohlantirishlar: Mazraui (26), Karvaxal (30), Nacho (90+3).
Chetlatish: Nacho (90+3).
Dastlabki uchrashuv – 2:1

Borussiya D Germaniya – Tottenxem Angliya 0:1 (0:0)
Gol: Keyn (48).
Borussiya D: Byurki, Volf (Bruun Larsen, 62), Vaygl, Akandji, Diallo, Vitsel, Getse, Sancho, Roys (Dileyni, 74), Pako Alkaser, Gerreyru (Pulishich, 62).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Orye, Sissoko, Uinks (Dayer, 55), Devis, Eriksen (Rouz, 83), Son Xыn Min (Lamela, 71), Keyn.
Dastlabki uchrashuv – 0:3

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid