Futbol

“Manchester Siti” – ketma-ket ikkinchi marta Angliya chempioni!

“Manchester Siti” klubi Angliya premyer-ligasining 2018/19 yilgi mavsumida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Jamoa mamlakat chempionatining soʻnggi turida “Brayton” ustidan gʻalaba qozonib, bu muvaffaqiyatga erishdi.

“Brayton” mehmoni boʻlgan jamoaga 27-daqiqada gol oʻtkazib yuborgandi. Biroq koʻp oʻtmay Aguero avvaliga hisobni tenglashtirgan boʻlsa, keyinroq Emerik Lyaport, Riyoz Mahrez va Ilkay Gundoʻgʻan tomonidan kiritilgan gollar jamoaga 4:1 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi.

Natijada 38 turda 98 ochko jamgʻargan Xosep Gvardiola shogirdlari ketma-ket ikkinchi mavum Angliyada tengsiz jamoaga aylandi. Bu natija orqali “Siti” 10 yildan buyon hech kim eplay olmayotgan ketma-ket chempionlikni tantana qildi.

Soʻnggi turda “Vulverhempton”ni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan “Liverpul” 97 ochko toʻplashiga qaramasdan, musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunlashga majbur boʻldi.

Angliya premyer-ligasi, 38-tur

Brayton – Manchester Siti 1:4 (1:2)
Gollar: Myurrey (27) – Aguero (28), Laport (38), Mahrez (63), Gundoʻgʻan (72).
Brayton: Rayan, Dank, Bernardo, Daffi, Saltor (Montoyya, 84), Kayyal, Knokert, Gross, Bissuma, Djaxanbaxsh (Lokadiya, 67), Myurrey (Andone, 68).
Manchester Siti: Ederson, Laport, Uoker (Danilo, 88), Kompani (Otamendi, 86), Zinchenko, Silva (de Bryuyne, 78), Gundoʻgʻan, Mahrez, Bernardu Silva, Sterling, Aguero.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid