Futbol

YECHL. “Barselona” “Liverpul”ga imkon qoldirmadi

Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan oʻrin olgan ikkinchi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Barselona” Angliyaning “Liverpul” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida Luis Suares Jordi Alba tomonidan yetkazib berilgan toʻpni darvozaga yoʻllab hisobni ochdi. Bu Suaresning YECHL mavsumidagi ilk goli boʻldi.

Ikkinchi boʻlimda esa katta sahnaga Lionel Messi chiqdi. Avvaliga 75-daqiqada u hisobdagi farqni ikkitaga oshirgan boʻlsa, 82-daqiqada chamasi 25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ishgʻol etib, hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Bu Messining “Barselona” tarkibida barcha musobaqalarda kiritgan 600-goli boʻldi. Shuningdek, Messi “Liverpul” darvozasiga gol kiritib, YECHLda oʻzi qarshi oʻynagan 37 jamoadan 32-jamoaga gol kiritishi boʻldi. Bu borada u faqatgina Rauldan (33ta jamoaga gol urgan) ortda qolmoqda.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuv

Barselona (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 3:0 (1:0)
Gollar: Suares (26), Messi (75, 82).
Barselona: ter Stegen, Serji Roberto (Alenya, 90), Pike, Langle, Alba, Vidal, Rakitich, Buskets, Koutino (Nelson Semedu, 60), Messi, Suares (Dembele, 90).
Liverpul: Alisson, Gomes, Matip, van Deyk, Robertson, Milner (Origi, 85), Fabino, Keyta (Henderson, 24), Veynaldum (Firmino, 79), Saloh, Mane.
Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabino (81), Suares (81), Alba (86).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid