Futbol

Nesterov debyut qilgan oʻyinda “Uhud” gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistoni chempionatida 18-turidan oʻrin olgan uchrashuvda yangi jamoasi — “Uhud” klubi safida debyut qildi.

Turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turgan Madina shahri jamoasi oʻz maydonida oʻrta pogʻonalardagi “Al-Ittifoq”ni qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinda Nesterov toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.

Ushbu gʻalaba “Uhud”ning chempionat bu mavsumidagi ikkinchi gʻalabasi boʻldi. Bunga qadar jamoa faqat noyabr oyi boshida “At-Taʼun” jamoasi ustidan gʻalaba qozongan, oxirgi 9ta oʻyinda faqat magʻlubiyatga uchrab kelayotgan edi.

Ayni vaqtda “Uhud” Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 16 jamoa ichida soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. Madinaliklar hisobida 9 ochko bor, xolos.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid