Futbol

Ignatiy Nesterov qonidan doping topilgani sabab diskvalifikatsiya qilindi

Oʻzbekiston terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Uhud” klubi darvozaboni Ignatiy Nesterovni taqiqlangan moddani isteʼmol qilganlikda gumon qilinib, OFK intizom qoʻmitasi tomonidan vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda xorij nashrlariga tayanib GoSport.uz muxbiri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Nesterov Oʻzbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida Osiyo Kubogida ishtirok etgan vaqtida topshirgan doping tahlili ijobiy natija bergan. Yaqin orada u Malayziyaga, OFK qarorgohiga borib, doping tahlillari natijasi yuzasidan tushuntirish berishi lozim.

“Uhud” klubi allaqachon Nesterovning oʻrniga boshqa darvozabonni roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.

Shu paytga qadar Nesterov “Uhud” tarkibida 2 marta maydonga tushishga ulgurdi va har ikkala oʻyinda jamoasi gʻalaba qozondi. Soʻnggi turdan oʻrin olgan “At-Taʼun”ga qarshi oʻyinda esa qaydnomaga ham kiritilmagan.

Hozircha OFK bu borada hech qanday rasmiy maʼlumot bermagan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid