Futbol

OCHL. “Lokomotiv” musobaqani gʻalaba bilan boshladi

Osiyo chempionlar ligasining birinchi turidan oʻrin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi. Unda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi oʻz uyida BAAning “Al-Vahda” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismidan ustunlikni qoʻlga olgan toshkentliklar 5-daqiqada hisobni ochdi. Burchak zarbasidan keyin raqib himoyasida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalan Temurxoʻja Abduholiqov gol muallifiga aylandi. Shundan soʻng mezbonlarda qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan boʻlsada, ular koʻplab imkoniyatlarni koʻkka sovurishdi.

Faqatgina oʻyin soʻngiga kelib, farq ikkita oshdi. Shogʻulomovga nisbatan ishlatilgan qoʻpollikdan soʻng belgilangan jarima zarbasini Islom Toʻxtaxoʻjayev ajoyib tarzda bajarib, jamoasining gʻalabasini mustahkamladi.

Ushbu natijadan keyin “Lokomotiv” uch ochkoga ega boʻldi va hozircha guruhda peshqadamga aylandi.

OCHL. 1-tur
“Lokomotiv” (Oʻzbekiston) – “Al-Vahda” (BAA) 2:0 (1:0)
Gollar: Timurxoʻja Abduxoliqov (5), Islom Toʻxtaxoʻjayev (90+3).

“Lokomotiv”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (70.Alisher Shogʻulomov, 68), 10.Sardor Mirzayev, 11.Timurxoʻja Abduxoliqov (9.Filipp Rayevas, 86), 17.Husniddin Gʻofurov (71.Arslonmurod Amonov, 79), 20.Islom Toʻxtaxoʻjayev (S), 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteyev, 77.Diyorjon Turopov.

“Al Vahda”: 1.Muhammad Al Shamsi, 2.Muhammad Bargash, 8.Hamdan Al Kamoli, 37.Ahmad Rashid, 52.Hussayin Abbos (77.Halil, 35), 5.Muhammad Abdulbosit (30.Tariq Al Xodaim, 62), 23.Rim Chang Vu, 6.Sulton Al Gafri, 46.Mansur Al Xarbi (70.Muhammad Rashid, 75), 42.Leonardo, 11.Sebastyan Talyabue.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid