Futbol

Osiyo kubogidagi eng chiroyli gollardan birining muallifi “Lokomotiv” safiga qoʻshiladi

Turkmaniston terma jamoasi sardori Arslonmurod Omonov faoliyatini yana Oʻzbekistonda davom ettiradi. Oʻtgan mavsumni “Buxoro” safida oʻtkazgan yarim himoyachi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan kelishuvga erishgan.

BAAdagi Osiyo Kubogida Yaponiya darvozasiga kiritgan goli eng chiroylilar qatorida eʼtirof etilgan Arslonmurod Omonovga bir qator klublar tomonidan qiziqish boʻlgan. Buxoroliklar bilan shartnomasi nihoyasiga yetgan futbolchi, “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishgan.

Tez orada bu transfer rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid