Futbol

“Paxtakor” Iroq jamoasini yengib, saralashning keyingi bosqichiga chiqdi

Osiyo Chempionlar Ligasida 2-bosqich saralash oʻyinlaridan birida “Paxtakor” Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

76-daqiqada Jaloliddin Masharipov oʻng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan toʻpni qaychi uslubida zarba berib, toʻrga joyladi. 84-daqiqada Marat Bikmayev 25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni 2taga yetkazdi. Biroq, iroqliklar taslim boʻlmadilar va 87-daqiqada Ahmad Hammadiy ham qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol urishga erishdi. Bu hisob oʻyin oxirigacha oʻzgarmay qoldi.

Endi “Paxtakor” OCHL saralashining pley-off bosqichida BAAning “An-Nasr” klubi bilan oʻynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda oʻtkaziladi. Gʻolib jamoa OCHL guruh bosqichiga yoʻl oladi.

OCHL
2-saralash bosqichi

“Paxtakor” – “Eyr Fors” 2:1 (0:0)
Gollar: Masharipov (76), Bikmayev (84) – Hammadiy (87).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid