Futbol

“Paxtakor” “Nasaf”dan 2,5 mlrd.ga futbolchi sotib oldi

“Nasaf” yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini “Paxtakor”da davom ettiradigan boʻldi.

Bugun “Paxtakor” rasmiylari 22 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnomani PFLdan roʻyxatdan oʻtkazgan.

GoSport.uz manbalari bergan maʼlumotga koʻra, “Paxtakor” Hamrobekov transferi uchun “Nasaf”ga 2,5 milliard soʻm (salkam 300 ming AQSH dollari) toʻlagan. Bundan tashqari, kelishuvga binoan Odil Hamrobekov boshqa klubga transfer qilinadigan boʻlsa, “Nasaf” undan 20 foiz ulush oladigan boʻldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid