Futbol

“Paxtakor” sugʻorish tizimidagi nosozlik sabab OCHL uchrashuvi toʻxtatib qoʻyildi (foto)

Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Toshkentning “Paxtakor” va Iroqning “Eyr Fors” jamoalari uchrashuvi toʻxtab qoldi. Bu haqda oʻyinni bevosita kuzatib borayotgan GoSport muxbiri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, uchrashuvning 14-daqiqasida oʻtib borayotgan bir paytda stadionning drenaj tizimlaridan birida nosozlik kelib chiqqan va undan suv sizib chiqa boshlagan.

20 daqiqadan ortiqroq vaqt mobaynida kichik muammo bartaraf etilmagan. Oʻyin toʻxtagan vaqtda hisob 0:0 koʻrinish olgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid