Futbol

Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi

Oʻzbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyo kubogining final uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, BAA mezbonlik qilayotgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 1 fevral kuni boʻlib oʻtadi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi “Zayed Sports City Stadium” oʻyingohida boʻlib oʻtadi. Toʻrtinchi hakam – Ma Ning (Xitoy).

VAR boʻyicha Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi Bin Javhariy (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya) ishlaydi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid