Futbol

“Real” va “Arsenal” sobiq futbolchisi avtohalokatga uchrab vafot etdi

Londonning “Arsenal”, Madridning “Real”, Ispaniyaning “Sevilya” va “Atletiko” jamoalari va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xose Antonio Reyes vafot etdi. Bu haqda andalusiyaliklar rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

“Sevilya” rasmiy xabariga koʻra, 35 futbolchi yoʻl-transport hodisasi natijasida vafot etgan. Hozircha u qanday YTHga uchragani va voqea qayerda sodir boʻlgani maʼlum emas.

Reyes 10 yoshidan “Sevilya” tarkibida toʻp surgan va 16 yoshidayoq asosiy jamoa safida debyut qilgandi.

2004 yilda u “Arsenal” safiga qoʻshilib, jamoa bilan APL bosh sovrinini qoʻlga kiritgandi. “Atletiko” safida esa u ikki marta Yevropa ligasi sohibi boʻlgandi.

Ispaniya terma jamoasi safida esa 21 uchrashuv oʻtkazib, 4ta gol muallifi boʻlgan. JCH-2006 musobaqalarida ishtirok etgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid