Futbol

Roberto Karlos Oʻzbekistonda futbol akademiyasi ochishi mumkin

Braziliyalik sobiq futbol yulduzi Roberto Karlos Oʻzbekistonda futbol akademiyasini ochish niyatida. Bu haqda 28 yanvar kuni Toshkentga qilgan tashrifi vaqtida tashkil etilgan matbuot anjumanida gapirib oʻtdi.

«Mening oʻz akademiyalarim ham bor. Bu akademiyalarimni kelajakda Oʻzbekistonga olib kirish rejasi ham bor, bu haqda alohida gaplashamiz. Avvalo, toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan mashgʻulotlar va kerakli bilimga ega murabbiylar kerak.

Oʻzbek futbolida potensial borligiga ishonaman. Oʻzbekiston futbolda koʻproq narsalarga erisha oladi. Oʻzbek futboli menga yoqadi», deya gapirib oʻtgan Roberto Karlos.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid