Futbol

Samvel Babayan yana bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi

Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, “temiryoʻlchilar” rahbariyati jamoaning soʻnggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni isteʼfoga chiqarishga qaror qilgan. Uning oʻrniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy maʼlumot chiqishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyayev oʻrniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan 2019 yil fevral oyidan buyon “Loko” tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, aniqrogʻi 2018 yil yanvarda OʻFA (oʻsha vaqtlarda OʻFF) tomonidan Samvel Babayan umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil oʻtib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan soʻng bekor qilingani maʼlum boʻldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid