Futbol

Sardor Rashidov het-trikka erishib, “Nasyonal”ga yirik hisobda gʻalaba keltirdi

Oʻzbekiston terma jamoasi va Portugaliyaning “Nasyonal” klubi hujumkor yarimhimoyachisi Sardor Rashidov yangi jamoasi tarkibidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq boʻldi.

27 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Feyrensi” klubiga qarshi oʻyinda gollar hisobini ochish bilan birga, het-trikka ham erishdi. Natijada bu gollar Rashidovning jamoasiga 4:0 hisobidagi yirik gʻalabani taqdim etdi.

Ahamiyatli tomoni Rashidov bu gollarini birini chap, ikkinchisini oʻng oyoqda va yana birini boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi va futbol tili bilan aytganda mukammal het-trikka erishdi.

Bu natijadan soʻng, “Nasyonal” 23 ochko bilan 12-oʻringa koʻtarildi, “Feyrensi” esa 14 ochko bilan soʻnggi – 18-oʻrinda bormoqda.

Portugaliya Primeyra ligasi, 22-tur

Nasyonal – Feyrensi 4:0 (2:0).
Gollar: Rashidov (12, 24, 67), Roches (80).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid