Futbol

Sardor Rashidovning Portugaliyadagi debyutida “Nasonal” 10ta gol oʻtkazib yubordi

Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Portugaliya Primeyra ligasining 21-turida “Nasonal” tarkibida debyut uchrashuvini oʻtkazdi.

Lissabonda “Benfika” mehmoni boʻlgan madeyraliklar bu kecha oʻzlarining eng yomon uchrashuvlaridan birini oʻtkazishdi. Birinchi boʻlimda uchta, ikkinchi boʻlimda yettita jami 10ta gol urgan mezbonlarga “Nasonal” birorta ham gol bilan javob qaytara olmadi.

Uchrashuvda Sardor Rashidov dastlabki daqiqalardan maydonga tushib, 90 daqiqa mobaynida maydonda toʻp surdi. Ammo Rashidov oʻzining debyut uchrashuvida biror-bir samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Ushbu magʻlubiyatdan soʻng “Nasonal” turnir jadvalida 16-oʻringa tushib ketdi. Madeyraliklar hisobida 20 ochko mavjud. Eslatib oʻtamiz, Portugaliya chempionatida 18 jamoa ishtirok etadi va soʻnggi uch oʻrinni egallagan klublar mavsum soʻngida quyi ligaga ravona boʻlishadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid