Futbol

Sergeyev qaytdi. Ektor Kuper Oʻzbekiston terma jamoasiga bir qator yangi futbolchilarni jalb qildi

Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 28 may – 12 iyun kunlari oʻtkaziladigan yigʻinga chaqirilgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

Roʻyxatdan 25 nafar futbolchi joy olgan boʻlib, ularning safida bir qator yangi nomlarni koʻrish mumkin. Jumladan “Navbahor” yarimhimoyachisi Oston Oʻrunov, “Buxoro”dan Doston Ibragimov, “Qoʻqon-1912” vakili Quvondiq Roʻziyev, “Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonovlarni koʻrish mumkin. Shuningdek, biroz tanaffusdan soʻng Igor Sergeyev yana terma jamoaga qaytarilgan.

25 nafar futbolchining roʻyxati quyidagicha:

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”)
Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Dinamo”)

Himoyachilar:

Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Dostonbek Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)
Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”)
Akromjon Komilov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Lokomotiv” )
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)

Yarimhimoyachilar:

Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”)
Odil Ahmedov (“Shanghay SIPG”, Xitoy)
Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)
Ikrom Aliboyev (“Seul”, Janubiy Koreya)
Oston Oʻrunov (“Navbahor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Doston Ibragimov (“Buxoro”)
Quvondiq Roʻziyev (“Qoʻqon-1912”)
Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
Temurxoʻja Abduxoliqov (“Lokomotiv”)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev oʻz klublari tarkibida milliy chempionat oʻyinlarni oʻtkazib, 3 iyun kuni Oʻzbekistonga yetib kelishadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasi 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid