Futbol

Shomurodov Yevropaning boshqa klubiga oʻtishi mumkin

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Yevropaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport 24 internet-nashri xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Rossiyaning “Rostov” klubi qishda bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin. Klub transferga qoʻyiladigan futbolchilar roʻyxatidan hujumchilar Eldor Shomurodov va Vidar Kyartasson, yarimhimoyachilar Anton Saletros va Jan Mayer, himoyachi Matiya Boben joy olgani aytilmoqda.

Oʻzbekistonlik futbolchining xizmatiga Yevropa va Osiyoning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Shomurodov Osiyo kubogida terma jamoa safida toʻrtta uchrashuvda toʻrtta golga mualliflik qilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid