Futbol

YECHLda oʻzbekistonlik futbolchining rekordi yangilandi

“Tottenhem” hujumchisi Son Hyong Min Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan oʻrin olgan “Manchester Siti”ga (3:4) qarshi oʻyin qahramoniga aylandi.

Janubiy koreyalik futbolchi uchrashuvda 2ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Gracenote Live statistika markazi bergan maʼlumotga koʻra, bu orqali u musobaqa tarixidagi eng sermahsul osiyolik futbolchiga aylandi. Uning gollari soni 12taga yetib, Kiyevning “Dinamo” klubida toʻp tepgan oʻzbekistonlik Maksim Shaskix (11ta) rekordidan oʻzib ketishga erishdi.

“Tottenhem” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Ayaks” bilan bellashadi.

Bu mavsumda Son “Tottenhem” tarkibida barcha musobaqalarda 42ta oʻyinda maydonga tushib, 20ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan. Chempionlar Ligasida 10ta oʻyinda 4 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid