Futbol

Superligada ishtirok etadigan jamoalar soni oshadi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati — Superliganing yangi mavsumidan bosh ishtirokchi jamoalar soni 14taga yetadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri PFLdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan mavsum birinchi ligada ishtirok etgan Samarqandning “Dinamo” va Termizning “Surxon” klubi 12 jamoa safiga qoʻshiladi. Mazkur klub mutasaddilari boʻlgan viloyat hokimliklari klublarning oliy ligada ishtiroki uchun yetarli miqdorda mablagʻ ajratishga vaʼda bergan.

Eslatib oʻtamiz, bugun 25 fevral kuni PFLda yangi mavsumga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Shu kungacha 12 jamoa yuqori ligada oʻynashi lozim edi. Yangi mavsumdan bu raqam oshadigan boʻldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid