Futbol

Superliganing 1-turdayoq favoritlar oʻzaro toʻqnash keladi

25 fevral kuni Oʻzbekiston chempionatining 2019 yilgi mavsumiga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Qurʼaga koʻra, birinchi turdayoq amaldagi chempion “Lokomotiv” joriy mavsum chempionlik uchun asosiy daʼvogar boʻlib turgan “Paxtakor” mehmoni boʻladigan boʻldi. Turning yana bir qiziqarli uchrashuvida “Navbahor” vodiy derbisi doirasida “Qoʻqon-1912” jamoasini qabul qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Superliganing yangi mavsumida OʻFA qaroriga koʻra 14ta klub ishtirok etadigan boʻldi. Jamoalar 2 davrali tizimda jami 26ta oʻyin oʻtkazishadi.

Qurʼaga koʻra, 1-tur juftliklari quyidagi koʻrinishni oldi. Oʻyinlar 8 mart kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Superligasi
1-tur

“Surxon” – “Metallurg”
“Dinamo” – “Nasaf”
“Soʻgʻdiyona” – “Bunyodkor”
“Paxtakor” – “Lokomotiv”
“Navbahor” – “Qoʻqon-1912”
“Andijon” – “Qizilqum”
OKMK – “Buxoro”

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid