Futbol

Toshkentda yangi olimpiya stadioni quriladi

Toshkentda yangi olimpiya stadioni barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston 2030 yilgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun ariza topshiradi. Arizada musobaqalarni tashkil qilish boʻyicha maxsus dastur yaratiladi.

Aynan mana shu dasturga binoan poytaxt Toshkentda olimpiya standartidagi yangi stadion qurilishi loyihasi ham taqdim etiladi. Stadion Osiyo oʻyinlarining ochilish va yopilishi marosimi, shuningdek, futbol, yengil atletika musobaqalarini oʻzida qabul qiladi. Kelgusida stadion futbol uchrashuvlarini oʻtkazish uchun xizmat qiladi.

Hozircha stadionning sigʻimi qancha boʻlishi haqida maʼlumotlar yoʻq. Shuningdek, uning Toshkentning qaysi qismida qurilishiga ham aniqlik kiritilmagan.

Ayni vaqtda bu loyiha koʻrinishida qolmoqda. Stadion qurilishi uchun dastavval Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlariga mezbonlik huquqini qoʻlga kiritishi lozim.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid