Futbol

UEFAni 2023 yilga qadar boshqaradigan prezident saylandi

Italiya poytaxti Rimda UEFA Kongressining 43-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Majlisda UEFAning amaldagi prezidenti Aleksander Cheferin yangi toʻrt yil muddat – 2023 yilga qadar prezidentlikka saylandi. Saylovchilar Cheferin nomzodini bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashdi.

51 yoshli sloveniyalik funksioner bu oʻringa yagona nomzod sifatida koʻrsatilgandi.

Cheferin UEFAni 2016 yildan buyon boshqarib keladi. Bunga qadar u Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid