Futbol

Umid Ahmadjonov futbolda yoʻq qoidalarni Superligada qoʻllashni taklif qilib chiqdi

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga oʻyinlarining shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan yigʻilishda kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Unda Ahmadjonov futbolda yoʻq qoidalarni joriy etishni taklif qilgan.

“Oʻyin vaqtini choʻzadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartochkalarni ayamasdan koʻrsatinglar. Kerak boʻlsa, jamoaga texnik magʻlubiyat yozilsin. Ertaga boshlanadigan yangi turdan mana shu tizimni tatbiq qilaylik”, – deya Umid Ahmadjonovning soʻzlarini keltirmoqda OʻFA rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, futbol qoidalarida, biror jamoa futbolchisi oʻyinni choʻzgan taqdirda, u toʻp suradigan klubga texnik magʻlubiyat yozilishi haqida hech qanday band yoʻq.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid