Futbol

Van der Vaart faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qildi

Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda Daniyaning “Esbyerg” jamoasi safida toʻp surayotgan Rafael van der Vaart 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

“Oʻylashimcha, hozir men shunchaki toʻxtashim kerak. Bu yerga futbol oʻynash uchun kelgandim, davolanish uchun emas. Imkon qadar uzoqroq muddat futbolda qolishni istagandim, ammo buning imkoni boʻlmadi.

Faqatgina bu yillar uchun jamoaga, futbolchilarga va rahbariyat hamda ishchi xodimlarga minnatdorchilik bildirishim qoldi. Bu ajoyib vaqtlarda men faqatgina iliq taassurotlarga ega boʻldim”, — deya van der Vaartning soʻzlarini keltiradi Voetbalprimeur.

Van der Vaart Amsterdamning “Ayaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoa tarkibida u 2000 yildan 2005 yilga qadar toʻp surgandi. Faoliyati davomida u “Hamburg”, “Real”, “Tottenhem”, “Betis” va “Midtyulland” jamoalarida toʻp surishga ulgurdi. 2001-2013 yillar davomida Niderdandiya terma jamoasi tarkibida 100dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Soʻnggi vaqtlarda futbolchi jarohati sabab “Esbyerg” safida ham deyarli maydonga tushmayotgandi. Oqibatda futbolchi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid