Futbol

Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi Sirojiddin Sayfiyev xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda PFL Go Sportʻga maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, uzoq davom etgan xastalikdan soʻng, bugun 20 fevral kuni Sirojiddin 37 yoshida olamdan oʻtgandi. U 2014 yilda ogʻir jarohat olgan va faoliyatini yakunlagan. Shundan soʻng oʻpka saratoniga chalingan sportchining bosh miyasida ham oʻsimta aniqlangandi.

Superkubok uchrashuvi 23 fevral kuni “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi. Unda amaldagi chempion “Lokomotiv” va kubok sohibi OKMK jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid