Futbol

Oʻzbekiston superligasida jamoalar soni yana qisqarishi mumkin

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati — superliga jamoalari soni yanada qisqarishi mumkin. Bu haqda PFL tomonidan klublarga taqdim etilgan xatda aytib oʻtilgan.

Xatda PFL rahbariyati Superliga va PRO-liga A ishtirokchilari oldiga qoʻyilayotgan talablarni bajarishlari kerakligi haqida ogohlantirgan. Talabni bajarmagan klublarga keskin sanksiyalar qoʻllanilishi aytiladi. Faqatgina ishni toʻgʻri yoʻlga qoʻygan klublargina musobaqalarda ishtirok etishi mumkinligi aytilgan.

Superliga ishtirokchilari soni 13 fevralga qadar aniq boʻlishi oʻzda tutilgan. “Ayni vaqtda OʻFA hamda PFL Superliga klublari sonini 10taga qadar qisqartirish masalasini ham koʻrib chiqmoqda“, deyiladi PFL xabarida.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid