Futbol

Oʻzbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumida yangi brend toʻplaridan foydalaniladi

Oʻzbekiston futbolining 2019 yilgi asosiy musobaqalarida Adidas Conext 19 toʻplaridan foydalaniladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati GoSportʻga maʼlum qildi.

2019 yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi, shuningdek, Superkubok uchrashuvlarida ayni paytda jahonning bir qator yetakchi ligalarida rasmiy toʻp boʻlgan Adidas Conext 19 toʻplaridan foydalaniladi.

Qayd etilishicha, mazkur toʻplar ancha sifatli va tajribadan oʻtgan boʻlib, hozirda Osiyo Chempionlar ligasida ham aynan Adidas Conext 19 toʻplaridan foydalanilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar PFL tasarrufidagi musobaqalarda Nike kompaniyasi toʻplaridan foylanib kelinardi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid