Futbol

Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir necha pogʻona koʻtarildi

Xalqaro futbol Ittifoqi FIFA 2019 yil fevral oyidagi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi bir necha pogʻonaga yuqorilashga muvaffaq boʻldi.

Yangi reytingda Oʻzbekiston 6 pogʻona yuqorilab, 89-oʻringa joylashdi. Kuper shogirdlari hisobida 1275 ochko mavjud. Bu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston Osiyo terma jamoalari ichida 12-oʻrinda bormoqda. Osiyo kubogidan oldin jamoa 14-oʻrinda borayotgan edi.

Osiyo terma jamoalari ichida Eron termasi Osiyo Kubogi yarim finalida kurashni toʻxtatgan boʻlsa-da, qitʼaning birinchi raqamli jamoasi nomini saqlab qolgan. Yangi chempion – Qatar terma jamoasi esa bir yoʻla 38 pogʻona koʻtarilib 55-oʻringa joylashgan.

Umumiy reytingning yuqori oʻnligida oʻzgarishlar kuzatilmadi. Belgiya terma jamoasi hamon yetakchi boʻlib turibdi. Fransiya ikkinchi, Braziliya terma jamoasi esa uchinchi oʻrinda bormoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid