Futbol

Oʻzbekiston uchun imkoniyat. Infantino JCH-2022danoq terma jamoalar sonini 48taga yetkazmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot ijroqoʻmi bilan Qatarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022 musobaqalaridayoq terma jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshirish masalasini muhokama qilgan.

“Men bu borada [JCH-2022da jamoalar sonini oshirish boʻyicha] optimistik kayfiyatdaman, lekin bu oson boʻlishi boʻlishi mumkinmi? Ochigʻini aytaman, oson boʻlmasligi tayin”, – deya FIFA rahbarining soʻzlarini keltirmoqda LʼÉquipe nashri.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq. Infantino 2022 yilgi jahon chempionatida jamoalar soni oshiriladigan boʻlsa, oʻyinlarning baʼzilari Qatardan boshqa joyda ham oʻtkazilishini, Qatar 8ta stadioni bilan bu musobaqani oʻtkazishga qiynalishini gapirib oʻtgandi.

Maʼlumot uchun, FIFA JCH-2026 yildan boshlab musobaqada ishtirok etadigan jamoalar sonining 48taga oshirilishi boʻyicha qaror qabul qilgandi. Tashkilot endi bu muddatni yanada oldinga surishni istamoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid