Futbol

Oʻzbekistonlik futbolchi vafot etdi

Samarqandning “Dinamo” futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev 37 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda GoSport muxbiri xabar bermoqda.

Sirojiddin Sayfiyev uzoq vaqtlardan buyon oʻpka saraton kasalligi bilan ogʻrib kelayotgandi. 2016 yilda saraton oʻsimtasi uning bosh qismida ham aniqlanadi.

Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sogʻligʻini yaxshilash va davolanishiga koʻmaklashish maqsadida “Taslim boʻlma, Siroj”, “Biz sen bilan Siroj” kabi aksiyalar tashkil qilingandi.

GoSport nashri marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi!

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid