Futbol

Oʻzbekistonlik yana bir futbolchi Janubiy Koreyada faoliyatini davom ettiradi

Toshkentning “Bunyodkor” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi.

Janubiy Koreyaning nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi sanalgan “Key-liga 2” vakili “Gvangju” klubi Rustam Ashurmatovni sotib olgani haqida xabar berdi. Hozircha shartnoma shartlari boʻyicha hech qanday maʼlumot berilmagan.

“Menga «Gvangju” oʻyin uslubi yoqadi. Bu yerga tezda moslashib, oʻzimning eng yaxshi oʻyinlarimni namoyish etishni istayman», deya Ashurmatovning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Eslatib oʻtamiz, bunga qadar “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev “Key” liga vakili “Seul” jamoasi safiga borib qoʻshilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid