Futbol

Oʻzbekistonni futbol fabrikasiga aylantirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda iqtidorlarni tarbiyalash orqali mamlakatini oʻziga xos futbol fabrikasiga aylantirish koʻzda tutilmoqda. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov maʼlum qildi.

“Iqtidorlarni tarbiyalash orqali Oʻzbekistonni futbol fabrikasiga aylantirishimiz lozim. Tarbiyalangan futbolchilarni sotish orqali akademiyalar oʻzini qoplashi va daromad koʻrishi kerak. Ishlab topilgan mablagʻ orqali hududda futbolni yanada rivojlantirish mumkin boʻladi.

Biz birgalikda ana shu tizimni yaratib olishimiz lozim. Rejalar har bir viloyat uchun alohida ishlab chiqiladi”, – degan Umid Ahmadjonov.

Yaqin kunlarda akademiyalar infratuzilmasini rivojlantirish, ish tizimini tashkil etish boʻyicha loyihalar tayyorlanadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid