Futbol

Javohir Sidiqov “Paxtakor”ga qaytadi

Oʻzbekiston terma jamoasi va “Qoʻqon-1912” klubi yarim himoyachisi Javohir Sidiqov faoliyatini “Paxtakor”da davom ettiradi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Sidiqov toshkentliklar bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shuningdek, “Qoʻqon” ham futbolchini qoʻyib yuborishga rozi boʻlgan. Transfer yaqin 48 soat ichida rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda. Hozircha shartnoma shartlari boʻyicha aniq maʼlumotlar yoʻq.

Qayd qilinishicha, Javohir Sidiqovga Janubiy Koreya klublaridan ham takliflar boʻlgan. Biroq yakunda “Paxtakor”ning taklifi futbolchiga maʼqul kelgan. Jamoa OCHL guruh bosqichiga yoʻl olgani ham bu oʻrinda muhim rol oʻynagan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Javohir Sidiqov aynan “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Oʻz vaqtida “Paxtakor” asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi, keyinchalik oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun “Qoʻqon-1912” klubiga ijara berilgan, oʻtgan mavsum oldidan esa qoʻqonliklar uning transfer huquqini toʻliq sotib olgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid