Sport kurashlari

Tasmuradov bor, Abdurahmonov yoʻq. Sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkib maʼlum boʻldi

23-28 aprel kunlari Xitoyning Sian shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻldi.

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik vazifasi oʻtaydigan ushbu musobaqada qitʼaning eng kuchli polvonlari aniqlanadi.

Osiyo chempionati dasturi. 23-28 aperl Xitoy, Sian

Erkin kurash
23 aprel, seshanba: 57-65-70-79-97 kg
24 aprel chorshanba: 61-74-86-92-125 kg

Ayollar kurashi
25 aprel, payshanba: 50-55-59-68-76 kg
26 aprel, juma: 53-57-62-65-72 kg

Yunon-rum kurashi
27 aprel, shanba: 55-63-77-87-130 kg
28 aprel, yakshanba: 60-67-72-82-97 kg

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan tarkibga koʻra, musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi jami 29 nafar sportchi bilan qatnashadi. Erkin kurash boʻyicha terma jamoa yetakchisi Bekzod Abdurahmonov tarkibdan oʻrin olmagan boʻlsa, yunon-rum kurashi boʻyicha yetakchi Yelmurat Tasmuradov musobaqada ishtirok etadi.

Toʻliq tarkib quyidagicha:

Erkin kurash

– 57 kg: Mahmudjon Shavkatov
– 61 kg: Jahongirmirzo Turobov
– 65 kg: Sirojiddin Xasanov
– 70 kg: Ixtiyor Navruzov
– 74 kg: Artyom Prisyajnyuk
– 79 kg: Nodirbek Egamberdiyev
– 86 kg: Abdurasul Vahobov
– 92 kg: Aziz Soliyev
– 125 kg: Hasanboy Rahimov
Bosh murabbiy: Olimjon Hikmatov

Ayollar kurashi

– 50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova
– 53 kg: Aktenge Keunimjayeva
– 55 kg: Shahodat Djullibayeva
– 57 kg: Sevara Yeshmuratova
– 59 kg: Nigora Bakirova
– 62 kg: Nabira Yesenbayeva
– 65 kg: Saxipjamal Aleuatdinova
– 68 kg: Baxtigul Boltaniyozova
– 72 kg: Nilufar Gadoyeva
– 76 kg: Shaxribonu Elliyeva
Bosh murabbiy: Anatoliy Ibragimov

Yunon-rum kurashi

– 55 kg: Ilhom Bahromov
– 60 kg: Islom Bahromov
– 63 kg: Yelmurat Tasmuradov
– 67 kg: Mirzobek Raxmatov
– 72 kg: Aram Vardanyan
– 77 kg: Bilan Nalgiyev
– 82 kg: Jalgasbay Berdimuradov
– 87 kg: Rustam Assakalov
– 97 kg: Jahongir Turdiyev
– 130 kg: Moʻminjon Abdullayev
Bosh murabbiy: Ravshan Roʻziqulov

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid