Boshqa sport turlari

44 yoshli Oksana Chusovitina jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Xitoyning Chjaotsin shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon kubogi bosqichi musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Musobaqaning tayanib sakrash yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina 14.350 ball jamgʻarib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu bellashuvda oltin medalga xitoylik Yu Linmin sazovor boʻlgan boʻlsa, uchinchi oʻrin malayziyalik Yuex Tan Inga nasib etdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid