Boshqa sport turlari

OʻFF va MOQning sobiq rahbari koma holatiga tushdi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov ahvoli yomonlashgani sabab shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Mirabror Usmonov oʻpka va nafas yoʻllari bilan bogʻliq kasallik sabab Milliy olimpiya qoʻmitasi klinikasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Ayni vaqtda u koma holatida, ogʻir ahvolda qolmoqda.

Maʼlumot uchun, Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. Bugungi kunga qadar u Oliy Majlis senatori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid