Boshqa sport turlari

Humo Arena 15 mart kuni ochiladi. Ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi barpo etilayotgan Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etadi. Ochilish marosimi joriy yilning 15 mart kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan maʼlumotga koʻra, tadbirda shuningdek, Rossiya hokkey va figurali uchish sport turi yulduzlari ishtirok etishadi. Jumladan, hokkey boʻyicha Olimpiada chempioni Pavel Bure, olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek marosimda hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, jamoatchilik tashkilotlari, madaniyat va fan arboblari, Oʻzbekistonning yetakchi sportchilari, paralimpiya oʻyinlari chempionlari, diplomatik korpus vakillari, sport maktablari hamda mehribonlik uylari bolalari ham ishtirok etishadi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Humo Arenaʼda Navroʻz bayramining asosiy tantanalari oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.

Maʼlumot uchun, Humo Arena 7 qavatdan iborat boʻlib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadratni tashkil qiladi. Majmua 12 mingdan ortiq tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira olishi mumkin. Bundan tashqari, u yerda 1600 oʻrinli avtoturargoh bor.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid