Boshqa sport turlari

Navroʻz bayram tantanalari “Humo Arena”da oʻtkaziladi

Toshkentda yangi qad rostlayotgan “Humo Arena” muz saroyi Navroʻz bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda GoSport manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur arena bitgach, Navroʻz bayrami tantanalari aynan shu uyingohda oʻtkaziladi. Jismoniy tarbiya vaziri Dilmurod Nabiyev sportga bagʻishlangan matbuot anjumanlarining birida ham bu haqida gapirib oʻtgan.

“Davlatimiz rahbari, nasib boʻlsa Navroʻz bayrami tadbirlarini «Humo” arenasida oʻtkazamiz, dedilar», deya gapirgan Nabiyev. Manbalar bunda aynan asosiy bayram tadbirlari nazarda tutilganini bildirmoqda.

Hozircha, bu borada rasmiy maʼlumotlar berilmagan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid