Boshqa sport turlari

Oʻzbekistonlik 7 nafar karatechi jahon chempionatida ishtirok etadi

6 noyabr kuni Ispaniya poytaxti Madrid shahrida karate boʻyicha 24-jahon chempionati start oladi. Musobaqada duyoning 139 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.

Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar. Terma jamoa tarkibi yetti nafar sportchidan iborat.

Jahon chempionatida quyidagi sportchilar Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov

-67 kg: Iqboljon Uzoqov

-75 kg: Dostonbek Otabolayev

+84 kg: Gʻofurjon Zohidov

Ayollar:

-50 kg: Baxriniso Boboyeva

-61 kg: Barno Mirzayeva

-68 kg: Dildor Annadurdiyeva

Karate boʻyicha jahon chempionati 11 noyabrga qadar davom etadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid