Boshqa sport turlari

Toshkentda Olimpiya shaharchasi barpo etiladi

Toshkent shahrida olimpiada, Osiyo oʻyinlarini oʻzida qabul qilishga moʻljallangan maxsus Olimpiya qishlogʻi (shaharchasi) barpo etiladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, yangi barpo etiladigan shaharcha loyiha boʻyicha bir vaqtning oʻzida 15 ming sportchi va mutaxassislarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Hozircha mazkur shaharcha Toshkent shahrining aynan qaysi qismida barpo etilishi borasida bir qarorga kelinmagan. Bir necha takliflar oʻrganib chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq, Toshkent va Samarqand 2030 yilgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga daʼvogarlik qilayotgani haqida xabar bergandik. Shu maqsadda Toshkentda xalqaro talablarga javob beradigan olimpiya stadioni ham qurilishi rejalashtirilgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid