Boshqa sport turlari

Rossiyalik sobiq jahon chempioni Vladimir Kramnik shaxmatdagi faoliyatini yakunladi

Rossiyalik shaxmatchi, 14-jahon chempioni Vladimir Kramnik professional faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qildi. Bu haqda Tata Steel Chess turniri rasmiy saytiga bergan intervyusi vaqtida maʼlum qildi.

“Faoliyatimni yakunlash haqida bir necha oy oldin bir qarorga kelgandim. Ayni vaqtda soʻnggi turnirda ishtirok etmoqdaman va bu haqida eʼlon qilish vaqti keldi deb hisoblayman.

Professional shaxmatchining faoliyati ajoyib sarguzashtlardan iborat boʻladi. Shaxmatdan cheksiz minnatdorman, chunki u menga koʻp narsa berdi. Baʼzida bu yoʻl ogʻir keldi, baʼzida barchasi men oʻylaganimdan ham muvaffaqiyatli oʻtdi. Har qanday holatda ham bu men bebaho insoniy tajriba boʻldi.Men har doim bor mahoratimni koʻrsatgan holda oʻynashga intildim”, — deya gapirib oʻtgan Kramnik.

41 yoshli grossmeyster 2006 yilda shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritgandi. Oradan ikki yil oʻtib, u bunday nufuzli unvonni hindistonlik Vishvanatan Anandga boy berib qoʻygandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid