Boshqa sport turlari

Milliy olimpiya qoʻmitasiga yangi rahbar saylandi

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 19:00da Milliy olimpiya qoʻmitasida Bosh Assambleya ishtirokida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan. Assambleya nomzod sifatida koʻrsatilgan Rustam Shoabdurahmonovni bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergandik.

Maʼlumot uchun, Shoabdurahmonlv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash direksiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Oʻz vaqtida Rustam Mavzurovich Toshkent shahar hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid