Boks/MMA

Umid Ahmadjonov ortidan MOQning yana ikki rahbari ishdan ketdi. Saken Poʻlatov yangi lavozimga tayinlandi

Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidentlari Ahmadjon Rahimov va Komiljon Roʻziyev oʻz arizalariga binoan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh assambleya yigʻilishida ishtirok etayotgan GoSport.uz internet-nashri manbasi xabar bermoqda.

Ularning oʻrniga Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisiniing birinchi oʻrinbosari Saken Poʻlatov, shuningdek, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov nomzodi ilgari surildi.

MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov tomonidan koʻrsatilgan ikki nomzod bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oyda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimidan ozod qilingandi. Kecha esa u OʻFA birinchi vitse-prezidentligini ham topshirgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid