Boshqa sport turlari

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi raisi saylandi

Feruz Abdullayev Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasida vaqtida tashkilotning yangi raisi etib saylandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berdi.

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan nomzod sifatida koʻrsatilgan Abdullayevni qoʻllab-quvvatlagan. Shu tariqa, Feruz Abdullayev Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining yangi raisiga aylangan. Abdullayev bu lavozimga sobiq Bosh vazir oʻrinbosari Zoyir Mirzayev oʻrniga tayinlangan.

Maʼlumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib keladi. GoSport.uz maʼlumotlariga koʻra, Abdullayev Samarqanddagi eng yirik gilam ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri SAG (Sam Antep Gilam) kompaniyasi rahbari sanaladi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu sport men uchun begona emas. Mamlakatimizda ot sporti soʻnggi 5-6 yilda rivojlandi deya olaman. Nasib qilsa, birgalikda harakat qilamiz va mazkur sport turini yanada rivojlantiramiz. Boshqa viloyatlarda ham ot sporti yoʻnalishlarini kuchaytiramiz”, – dedi Feruz Abdullayev.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid