Boshqa sport turlari

Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi soʻnggi 8 yildagi eng yomon natijasini takrorladi

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Manchester shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatini medalsiz tark etadigan boʻldi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bu natija orqali Oʻzbekiston terma jamoasi soʻnggi 8 yildagi eng yomon natijasini takrorladi. Oʻzbekiston terma jamoasi 2011 yildan buyon jahon chempionatlarining uchtasida medallarga ega chiqqandi. Faqatgina 2013 yilda jamoa 4 nafar erkaklar terma jamoasi aʼzosi bilan qatnashib medallarsiz qolgan boʻlsa, 2015 yilda 1ta oltin, 2ta kumush, 2017 yilda 1ta kumush va 1ta bronza medaliga ega chiqqandi. 2011 yilgi mundialda Oʻzbekiston terma jamoasi 1ta kumush medalni qoʻlga kiritgandi.

2019 yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston 12 nafar sportchi bilan musobaqada ishtirok etdi. Ammo terma jamoaning eng yaxshi natijasi bor-yoʻgʻi chorak final yoʻllanmasi boʻldi. Dmitriy Shokin aynan shu bosqichga qadar yetib kelib, chorak finalda meksikalik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Qolgan taekvondochilar esa chorak finalga ham yetib kela olishmadi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa oldidan, oʻsha vaqtlarda MOQ prezidenti lavozimida ishlagan Umid Ahmadjonov taekvondochilarga birinchi oʻrin uchun 30 ming, ikkinchi oʻrin uchun 20 ming va uchinchi oʻrin 10 ming AQSH dollari miqdorida mukofot vaʼda qilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid