Boshqa sport turlari

Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi qiz Osiyo chempionatida bir yoʻla 3ta medalga ega chiqdi

Shu kunlarda Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Bugun ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan oʻzbekistonlik Muattar Nabiyeva dast koʻtarish bahsida 91 kg, siltab koʻtarishda 113 kg va ikki kurash natijasi koʻra 204 kg ogʻirlikdagi toshni oʻziga boʻysundirib, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Ayollar -55 kg

1. Liao Kyu Yun (Xitoy) – 224 kg
2. Xidilyn Diaz (Filippin) 209 kg
3. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 204 kg

Maʼlumot uchun: mazkur musobaqaga 6 nafar oʻzbekistonlik atlet yoʻl olgan. Hozirgacha Adhamjon Ergashev (-67 kg) toʻrtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi oʻrinni egallagan edi. Oldinda yana uch nafar sportchi — Sunnatilla Oʻsarov (-102 kg, 26 aprel), Akbar Joʻrayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg, 27 aprel) qitʼa chempionati bahslarida ishtirok etishadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid