Boshqa sport turlari

Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi jahon chempionatida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi

AQSHning Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ogʻabek Nafasov ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.

-61 kg vaznda ishtirok Nafasov dast koʻtarishda 102 toshni oʻziga boʻysundirib, bu borada ikkinchi natijani qayd etdi va dastlabki kumush medaliga ega chiqdi. Siltab koʻtarish bahslarida esa Nafasov 121 kg toshni koʻtarishga muvaffaq boʻldi va 3-natija egasi bilan bir xil natija koʻrsatdi. Ammo meksikalik sportchining vazni Ogʻabekdan yengilroq boʻlgani uchun oʻzbekistonlik sportchi bu borada toʻrtinchi oʻrinda qayd qilindi.

Ammo bu Ogʻabekning umumiy natijalar boʻyicha medallariga taʼsir qilmadi. Jami 223 kg vaznlik natijani qayd etgan Nafasov yakunda ikkinchi natijani qayd etdi va ikkinchi kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid