Boshqa sport turlari

Oʻzbekistonlik yana bir sportchi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning qonidan doping topilgani sabab uni vaqtinchalik sport musobaqalaridan chetlashtirdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri federatsiyadagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, Jangaboyevning qon tahlili namunasida oʻsish gormoni (hGH, organizmning oʻsishi uchun sunʼiy yoʻldan, taqiqlangan preparatlardan foydalanish ehtimoli aniqlangan) salbiy natija bergan. Bu antidoping qoidalarini buzish sirasiga kiradi va shu boisdan IWF yakuniy tahlil natijalarini aniqlashdan oldin Jangaboyev sportdan vaqtincha chetlatildi. Qayd etilishicha, agar sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror ham eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun, 25 yoshli Rustam Jangaboyev +109 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etadi. U 2018 yili Turkmanistonda boʻlib oʻtgan jahon chempionati sovrindor boʻlgan, 2017 yil Ashxabodda oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2018 yilgi Osiyo oʻyinlarida bronza medaliga sazovor boʻlgan. 2016 yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokch etgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq oʻzbekistonlik boshqa bir sportchi Ruslan Nuriddinovning doping tahlillari ijobiy natija bergani natijasida u ham musobaqalardan chetlatilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid